Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37719

Zakovat savoli #37719

Amerikaning mashhur "New-York Times " jurnalida chiqgan bir sarlavhada "Keep X from it" deb yozilgan maqolaga e'tiboringizni qaratmoqchiman, unda shunday so'zlar bitilgan edi:
"Bolalar ketishadi - inqiloblar yo'q. Ular shunchaki ketishadi - ular sizni bezovta qilishni xohlamaydilar. Yaxshi uxlang, ular hech qachon qaytmaydi. Faqat o'tmish sizning qo'lingizda. "
Ushbu maqola 1970-yillarda chiqganligi va o'sha yillarda ommalashayotgan bir narsa sababli ushbu maqola ham bosib chiqarilgan ekan.
Diqqat savol: X ni o'zbek yoki ingliz tilida bir so'z bilan ayting?
Javobni ko'rish

Bolalik (Childhood). Izoh: 1970-yillarda Amerika Qo'shma Shtatlarida televizion ko'rsatuvlarning soni oshdi va bolalar televizor qarshisida ko'proq o'tiradigan va ota-onalar ham bolalariga e'tibor bermaydigan xolga aylanib qoldi. Buning natijasida, bolalarning psixologiyasida jiddiy o'zgarishlar yuz berayotganligi, ular televizorga qaram shaxslar sifatida voyaga yetayotganligi, ular o'z bolaligini yo'qotib qo'yayotganligi haqida va boshqalar haqida bir qator ilmiy, hayotiy dalillar aynan ushbu maqolada keltirib o'tilgan edi.

Boshqa savollar