Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37695

Zakovat savoli #37695

Феруза

Ushbu buyuk kashfiyotning fanga ma’lum bo‘lishi o‘n to‘rt asr muqaddam Qur’oni karimda bashorat qilingan ekan. Alloh buyukdir, Allohga hamdlarimiz bo'lsin, bizni ayb, nuqson va gunoh kamchiliklarimizni o'zi kechirsin va to'g'ri yo'lga boshlasin bizni.

«Alloh osmonlar va yerning Nuridir (ya’ni, ularning barchasini yoritib, ko‘zga ko‘rsatib - yo‘qdan bor qilib turguvchidir). U Zot nurining (mo'min banda qalbidagi) misoli xuddi bir tokcha, uning ustida bir chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir dur yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na Sharqiy va na G'arbiy bo‘lmagan (balki zaminning qoq markazidagi) muborak zaytun daraxtining (moyidan) yoqilur. Uning moyi (tiniq, musaffoligidan) garchi unga olov tegmasa-da (atrofni) yoritib yuborgudek... Nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh O‘zining "bu" Nuriga O‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) misollar keltirur. Alloh barcha narsani Bilguvchidir» (Nur, 35).

Mazkur oyati karimada «olov tegmasa-da, atrofni yoritib yuborgudek» deya ta'riflangan so'zni biz bilgan nomini 2 so'zda yozib bering?
Javobni ko'rish

Elektr toki haqida edi. Vallohu a'lam. Subhanalloh.

Boshqa savollar