Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #3762

Zakovat savoli #3762

Endigina taʼmirdan chiqqan xonadonning devorlariga kichik yoshdagi bola yashil marker bilan uy suratini chizib qoʻyadi. Buni koʻrgan ota-onasi tushkunlikka tushmaydi, bolani urishmaydi va surat bilan BU ISHNI QILISHADI. Jasur Kengboyevning essesida bir vaqtlar Togʻay Murodga nisbatan tazyiqlar boshlanganda yozuvchi oʻziga nisbatan BU ISHNI QILGANI haqida so‘z borgan. Diqqat savol, BU ISHNI QILISH soʻzlari oʻrnidagi alifboda ketma-ket keluvchi harflardan boshlanadigan 2 soʻzni yozib bering.
Javobni ko'rish

Ramkaga solish.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar