Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37384

Zakovat savoli #37384

Mojar sharqshunosi Herman Vamberi o'zining "Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi" asarida Amir Temur saroyidagi ba'zi odatlarga to'xtalib o'tadi. Uning yozishicha, saroy bazmlari ajoyib tarzda o'tgan. Mehmon va mezbonlar uchun o'nlab soqiylar xizmat qilishgan. E'tiborli jihati shundaki, BIR TOIFA KISHILAR ham bazmda qatnashganligi sababidan soqiylar bazm paytida qo'llarini ro'mol bilan o'rab bog'lab olishgan.
Diqqat savol: Soqiylar nima sababdan qo'llarini ro'mol bilan bog'lab olishganini anglagan bo'lsangiz, BIR TOIFA KISHILAR o'rnidagi ikki so'zni ayting?
Javobni ko'rish

Saroy xonimlari( xaram ayollari, Amir Temurning ahli ayollari javoblari ham qabul edi) . Izoh: Soqiylar malikalarning qo'liga qo'llari tegib ketmasligi uchun qo'llarini ro'mol bilan bog'lab olishgan.

Boshqa savollar