Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37334

Zakovat savoli #37334

Men ular haqidagi ma'lumotni o'qiganimda o'zbek yosh kelinlarini ko'z oldimga keltirdim. Chunki ular hech qachon uxlashmasakan va buning o'rniga ular kuniga 8 daqiqadan dam olishar ekan. Yangi kelinlarda ham deyarli shunday holat mavjudligi va ularning "mehnatkashligi" shunday fikrlashimga sababchi bo'ldi desam ham bo'ladi. Bizga ma'lumki mehnatkashlik borasida ularga yetadigani yo'q. Buyuk Karl davrida saroyda xizmat qilgan tarixchi ham ularga o'xshatilgan ekan. Biz shuningdek, ular haqida bir qancha filmlar olinganini bilamiz, misol uchun 2015-yilda sur'atga olingan mashhur Aqsh filmi ham bunga misol.
Diqqat savol: men ular deb nimalarni nazarda tutdim?
Javobni ko'rish

chumoli Izoh: yuqoridagi ma'lumot chumolilar haqida edi. Barchamizga ma'lumki chumoli eng mehnatkash jonzot hisoblanadi. Buyuk Karl zamonida tarixchi Eyngard "mehnatsevar chumoli" degan nomga sazovor bo'lgan ekan. 2015-yil suratga olingan Aqsh filmi esa Chumoli odam filmi edi.

Boshqa savollar