Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37273

Zakovat savoli #37273

Qadimgi Sharq mifologiyasida tanasi sherniki, qanotlari burgutniki, boshi esa ham sherniki ham burgutnikidek bo‘lgan, shoxli fantastik hayvon grifon deb atalgan. Grifonlarning tasviri bizgacha yetib kelgan. Buyuk Britaniya muzeyida eramizdan avvalgi IV–V asrlarga tegishli, Tojikiston hududidan topilgan va grifon boshining tasviri tushirilgan oltin bilakuzuk saqlanadi. Bu bilakuzuk juda qimmatbaho bo‘lishiga qaramasdan, uning tasvirini barchamiz ko‘rganmiz, lekin hammamiz ham uning aynan o‘sha bilakuzuk tasviri ekanligini bilmaymiz. Qora kutida esa mana shu bilakuzuk tasviri tushirilgan va deyarli barchamizga ma’lum bo‘lgan narsa turibdi. U nima ekanligini aniq qilib ayting?
Javobni ko'rish

100 soʻmlik qogʻoz kupyurada

Boshqa savollar