Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37253

Zakovat savoli #37253

Azenkur jangi yuz yillik urush paytida 1415-yilning 25-oktabr kunida bo'lib oʻtgan. Jangda inglizlar son jihatdan ancha kam boʻlishiga qaramasdan Fransuzlarni tamoman tor-mor etishgan. Angliya qiroli Genrix V qoʻlga tushganlarning ko'pligi va ularni qoʻriqlashga odam yetishmaganligi sababli asirga olingan ritsarlarni oʻldirishni buyuradi. Ammo, ingliz ritsarlari bu buyruqni bajarishdan bosh tortishadi.
Savol: Ritsarlar qirol buyrugʻini nega bajargisi kelmaganini aniq ayting?
Javobni ko'rish

Asir ritsarlarni ozod qilish uchun yaxshigina tovon puli undirish mumkin bo'lgan.

Boshqa savollar