Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37212

Zakovat savoli #37212

Abdulaziz Jalilov

Bugungi kunda motam ramzi bo'lgan qora kiyim kiyish an'anasi qadimgi Rim va Gretsiya davriga borib taqaladi. Lekin o'sha paytlarda odamlar qora kiyimni marhumga hurmat ko'rsatish yoki qayg'u chekish uchun emas, balki butunlay boshqa — "mudofaa" maqsadida kiyishgan. Ularning ishonchiga ko'ra, vafot etgan insonning ruhi biroz vaqt o'z tanasi atrofida aylanib yuradi va o'zi bilan birga tirik yaqinlaridan birini olib ketishga harakat qiladi. Insonlar qora kiyim kiyish orqali nimaga erishmoqchi bo'lishgan?
Javobni ko'rish

Ko'rinmas bo'lishga (Yashirinishga). Izoh: Odamlar qora kiyim kiysak, qorong'ulikda yoki soyada ruh bizni ko'rmaydi va o'zi bilan olib ketolmaydi deb ishonishgan. Ya'ni, bu o'ziga xos "kamuflyaj" vazifasini bajargan.

Boshqa savollar