Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37197

Zakovat savoli #37197

Rus imperatori Nikolay I ancha xasis bo‘lishiga qaramay, 30 yil davomida saroy xizmatkorlarining maoshini inflyasiya munosabati bilan doimiy oshirib borgan. Biroq saroydagi bir xizmat ko‘rsatuvchining maoshi yillar davomida oshirilish o‘rniga, aksincha vaqti-vaqti bilan kamaytirilib borilgan.
Diqqat savol: uning kasbini yozib bering?
Javobni ko'rish

Sartarosh. Izoh: Imperator yillar o‘tgani sari qarib, sochi to‘kilib kamayib borgan. Bu esa sartaroshga kam ish qoldirgan.

Boshqa savollar