Zakovat savoli #3719
PSG klubining Liga 1 g’olibligiga erishgani chempionat yakunlanishiga 1 tur qolganida ma’lum bo’lgach, may oyi oxirlarida mavsum yakunlariga atalgan rasmiy tadbir bo’lib o’tdi. Unda eng yaxshi ko’rsatkichlar bo’yicha nominatsiyalar e’lon qilindi. Maydonda ham sovuqqon o’yinchi (!) bo’lgan Messi, rahbariyat noroziligidan qo’rqmasdan ushbu tadbirda ishtirok etmadi. Bunga sabab esa IKS edi. Messining bu harakati uning keyingi klubi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirib yubordi. Diqqat savol: IKSni bir xil harfdan boshlanuvchi biri atoqli ot bo’lgan ikki so’zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Coldplay konserti