Zakovat savoli #37181
Abdulaziz Jalilov
Skandinaviya afsonalarida oliy xudo Odin dunyodagi barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun ikki yordamchisidan foydalangan. Ular har kuni tongda dunyo bo'ylab uchib ketishar va oqshomda qaytib kelib, Odinning qulog'iga ko'rgan-bilganlarini so‘zlab berishar edi. Birinchisining ismi "Xuginn" bo‘lib, u mantiqiy o'ylashni anglatadi. Ikkinchisi esa "Muninn" bo‘lib, Odin aynan mana shu ikkinchisi bir kun kelib qaytib kelmasligidan va u o'zining butun qudratini yo'qotishidan juda qo'rqqan.
Savol: Odin yo'qotishdan qo'rqqan ikkinchi yordamchi insonning qaysi qobiliyati edi?

Javobni ko'rish
Xotira. Izoh: Inson mantiqiy fikrlay olsa-da, agar xotirasi (o'tmishdagi bilimlari) bo'lmasa, u hech kim emas. Odin uchun ham xotira eng muhim boylik sanalgan.