Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #3717

Zakovat savoli #3717

Bryus Uils bosh rolni ijro etgan “Oltinchi hissiyot” filmi ilk epizodlaridan birida bosh qahramon to’pponchadan yaralanadigan saxna mavjud. Voqealar rivoji Koul ismli bolakayning ko’ziga turli arvohlar ko’rinishi va uning bundan aziyat chekayotgani atrofida qurilgan. Bosh qahramon psixolog Malkom film oxiriga kelib, bolakayni unga ko’rinayotgan arvohlar aslida notinch ruhlar, o’limlari sirini ochishda ularga bolakayning yordami kerakligiga ishontira oladi. Kinotahlilchilarning fikricha bolakaydagi bu ruhiy chigalliklar filmdagi o’ziga xos ALFAga misol bo’la oladi. ALFA haqidagi Wikipedia sahifasida Chexov miltig’iga ham havola bor. Diqqat savol: ALFA ni ikki yoki uch so’zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Qizil seld

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar