Zakovat savoli #37167
O'rta asrlarda Yevropaning ayrim davlatlarida qirollarning bayram kunlari yoki boshqa muhim sanalarda (masalan, tug'ilgan kun, farzand ko'rilgan kun va h.k.) qamoqdagi jinoyatchilarga "Umumiy Avf" e'lon qilinardi, ya'ni ular kechirilib ozod qilinardi. Ammo shunday kimsalar (mahbuslar) ham bor edi ki, ularga hech qanday avf yoki kechirim berilmaydi.
Savol: Ular kimlar?
Savol: Ular kimlar?
Javobni ko'rish
O'rta asrlarda ham davlat to'ntarishlari, xalq qo'zg'alonlari, uyishgan jinoyatchilik guruhlari bo'lgan albatta va ular ham "umumiy avf" dan bebahra qolishmagan. Biroq bu jinoyatchi guruhlarning BOSHLIQLARI VA YETAKCHILARI bundan mustasno edilar. Ularga hech qanday avf yo'q. Sababi o'zingizga ma'lum.