Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37165

Zakovat savoli #37165

Tasavvur qiling, qadimgi Fransiya yo'llarida otliq chang' ko'tarib ot choptirib kelmoqda. U qirolning muhim xabarini olib ketayotgan chopar. Ot charchagan, yugurishga holi yo'q. Shu vaqtda oldinda pochta bekati ko'rinadi. Otliq hovliga kirayotib "X!" deb baqiradi. Otboqarlar darhol boshqa ot egarlab berishadi. Chopar yo'lida davom etadi. Hozirgi kunda elektr telegraflarda uzoq masofada kuchsizlangan elektr signalni kuchaytirib beradigan asbob mavjud. Uning nomi ham X. Savol: X nima?
Javobni ko'rish

Rele. Izoh: Rele signalni kuchaytirib beradi. Umuman olganda rele juda ham koʻp vazifalarni bajaradi. Biz esa faqat bittasini oldik xolos.

Boshqa savollar