Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36997

Zakovat savoli #36997

Bu ibora o'zbek adabiy tilida qo'llanilmaydi, Tog'ay Murod asarlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu ibora Surxondaryo vohasi kishilari nutqiga xos bo'lsa kerak. T.Murod bu iborani "to'xtatmoq", "to'xtab turmoq", "o'tirmoq", "dam olmoq" ma'nolarida qo'llagan. Qizig'i shundaki, bu ibora faqat bir kishiga emas, kishilar to'dasiga nisbatan ham, hatto mashinaga nisbatan ham qo'llaniladi.
SAVOL: Tana a'zosi nomi bilan bog'liqligini bilgan holda iborani yozib bering?
Javobni ko'rish

"Oyoq ilmoq" Tog'ay Murod, "Otamdan qolgan dalalar" romani.

Boshqa savollar