Zakovat savoli #36990
Bu so'z asli o'zbekcha so'z bo'lib, "egasiz qolgan", "egasi o'lgan", "sabil" ma'nolarini anglatadi.
Bu so'z xalqimizda, ayniqsa, o'zbek nasrida ko'p ishlatiladi. A.Qahhor, Tohir Malik, O'tkir Hoshimov va yana ko'plab adiblarimiz ijodida bu so'z bilan bog'liq iborani ko'p uchratishimiz mumkin.Bu ibora aslida ayollarning qarg‘ishi bo‘lib, "sen o‘lgin-u, moling egasiz qolsin"- degan ma’noni bildiradi. Lekin atoqli yozuvchi Tog'ay Murod uni boshqa ma'noda qo'llaydi; biror shaxs xususida emas, foydasidan zarari ko'proq bo'lgan narsadan shikoyat qilib, qarg'ash uchun ishlatgan.
SAVOL: Ma'nosini tushungan holda, bizga bu iborani 3ta so'zda yozib bering?

Javobni ko'rish
"Boshingdan ordona qolsin" Bu so'z -- "ordona"