Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36935

Zakovat savoli #36935

Abdulaziz Jalilov

Qadimgi Venetsiyada shisha ustalariga shahardan chiqib ketish qat'iyan man etilgan, qochganlarga o'lim jazosi berilgan. Biroq ularga berilgan imtiyozlar hatto aslzodalarnikidan ham yuqori bo'lgan. Masalan, usta qizi aslzodaga turmushga chiqsa, farzandlari "aslzoda" maqomini saqlab qolgan.
Savol: Nima uchun davlat shunchalik katta "tovlamachilik"ka va imtiyozga rozi bo'lgan?
Javobni ko'rish

Oynaning (ko'zguning) tayyorlanish siri uchun. Izoh: O'sha paytda shaffof shisha va ko'zgu tayyorlash texnologiyasi atom bombasi kabi strategik sir edi. Ustani shahar ichida qadrlash, uning sotilib ketmasligini ta'minlashning yagona yo'li bo'lgan.

Boshqa savollar