Zakovat savoli #36863
Abdulaziz Jalilov
Islomiy manbalarga ko'ra, inson vafot etganidan so'ng uning barcha amallari to'xtaydi, faqat uchta narsaning savobi unga yetib turadi: bular — sadaqai joriya, manfaatli ilm va duo qilguvchi solih farzand.
Endi o'ylab ko'ring, shunday bir inson toifasi borki, u hayotlik chog'ida ushbu uchta amalning barchasini birdaniga, bir vaqtning o'zida bajargan bo'lishi mumkin. Ya'ni u bir ish qildiki, u ham ilm, ham sadaqa, ham solih farzandning o'rnini bosuvchi amal bo'lib xizmat qiladi.
Diqqat savol: Bu qanday amal yoki narsa?

Javobni ko'rish
Kitob yozish (yoki mualliflik asari). Izoh: Kitob — bu manfaatli ilm. Kitob — bu sadaqai joriya (chunki u o'qilgan sari muallifga savob boradi). Shuningdek, Olimlar orasida bir gap bor: "Muallifning kitobi uning ma'naviy farzandidir". Ya'ni vafotidan keyin uning nomini yashatgani va unga duo keltirgani uchun u solih farzand o'rnida ko'riladi.