Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36855

Zakovat savoli #36855

Abdulaziz Jalilov

Afsonaga ko'ra, mashhur rassom Leonardo da Vinchi "Sirli kecha" asarini chizayotganda Iudo (sotqin) obrazi uchun modelni juda uzoq qidirgan. Oxiri u bir qamoqxonadan eng abgor, yuzi yovuzlikka to'la odamni topadi. Rasm tayyor bo'lgach, o'sha odam Leonardo oldiga kelib: "Men bu rasmni avval ham ko'rganman, siz meni 3 yil oldin ham chizgansiz", deydi.
Savol: Rassom 3 yil avval o'sha odamdan qaysi obrazni chizgan edi?
Javobni ko'rish

Iyso (Iisus) obrazi Izoh: Bu hikoya insonning gunoh ko'chasiga kirib, qanchalik o'zgarib ketishi mumkinligiga ishora qiladi. Rassom eng pokiza yuzli yigitdan Iyso obrazini, 3 yildan keyin esa o'sha yigitning tubanlashgan holatidan Iudo obrazini chizgan.

Boshqa savollar