Zakovat savoli #36784
AQSHda XIX asrda yuzaga kelgan «Ku-kluks-klan» guruhi qora tanlilarga qarshi oq tanlilar millatchiligi sifatida yuzaga kelgan. Bu guruh tomonidan qora tanlilarga nisbatan o‘tkazilgan tazyiq va terrorchilik harakatlari natijasida jamiyatda anchagina notinchliklar kelib chiqdi. «Oq irqchilik» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu yashirin jamoa AQSHda 1861–1865-yillardagi fuqarolar urushidan keyin janublik sobiq askarlar tomonidan tashkil etilgan. Ular tomonidan nishonga olingan qora tanli «qurbon»ga dub daraxti shox-butog‘i yoki apelsin urug‘lari tashlab ketilar edi. Diqqat savol: bu belgini olgan qora tanli kishi nima qilishi kerak bo‘lgan?
Javobni ko'rish
Bu belgini olgan qora tanli kishi aytilgan ishni qilishi yoki mamlakatni tashlab chiqib ketishi kerak edi. Aks holda uni muqarrar o‘lim kutar edi. Manba: Ку Клукс Клан. Белое движение в США.— Москва, 2001; McVeigh, Rory.