Zakovat savoli #36781
Rivoyat qilishlaricha u asar hukmdor buyrug'iga binoan uning sharafiga yozilgan bo'lib, hukmdor asar yozilishi uchun har bir baytiga 1 oltin tangadan berishni va'da qilgan ekan. Biroq asar tugallanmasdan hukmdor o'z fikridan qaytadi va shoirni fil oyoqlari ostiga tashlab jazolashga farmon beradi. Shoir esa o'z tug'ilgan yerini tashlab musofirlikda hayot kechirishga majbur bo'ladi. Ammo asarini yakunlab buyuk asar darajasiga ko'taradi. Hozirgi kunda ushbu asar jahon kutubxonasida o'z o'rniga ega asarlardan biridir.
Diqqat savol: Gap qaysi asar haqida ketmoqda. Asar va uning yozuvchisini maksimal aniqlikda yozib bering?
Diqqat savol: Gap qaysi asar haqida ketmoqda. Asar va uning yozuvchisini maksimal aniqlikda yozib bering?
Javobni ko'rish
Firdavsiyning "Shohnoma" asari. Izoh: Asar dastavval Mahmud G'aznaviy buyrug'iga binoan yozilishi boshlanadi. Asarning 60ming misrasi bitganda esa M.G'aznaviy fikridan qaytadi va Firdavsiyga oltin emas kumush tangalar jo'natadi. Shoirning bundan ko'ngli judayam o'ksiydi. Tangalarni esa karvondagilar va hizmatkorlariga tarqatib yuboradi. Bundan g'azablangan M.G'aznaviy uni jazoga mahkum etadi. Shu tariqa Firdavsiy yurtidan bosh olib ketadi. "Shohnoma" asarini esa 100ming misraga yetkazadi. Adib ushbu asar bilan o'ziga ulkan haykal qo'yadi