Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36779

Zakovat savoli #36779

Xivada joylashgan Juma masjidi ajoyib ustunlari bilan boshqa me'moriy obyektlardan ajralib turadi. Binoning hajmi 55x46 metrni tashkil qiladi. O'z davrida bu masjidda bir vaqtning o'zida 5000 ga yaqin kishi namoz o'qigan. Masjidda rekontruksiya natijasida binoning ba'zi qismlariga o'zgartirish kiritilgan. Masalan, rekontruksiyagacha masjidning pastki qismida bir xil tekislikda joylashgan binoning har-har yerida 12 ta dumaloq shaklida teshik bo'lgan. Hozir esa faqat 2 tasi bor. Ulardan biri Imom xutbasi yaqinida joylashtirilgan.
Savol: bu dumaloq shaklidagi teshiklar nima vazifa bajargan?
Javobni ko'rish

Akustika vazifasi Izoh: masjid juda katta, unda 5000 ta odam namoz o'qigan. Imomning ovozi yaxshi eshitilishi uchun binoning har-har yeriga dumaloq shaklida teshiklar o'rnatilgan.

Boshqa savollar