Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36754

Zakovat savoli #36754

U qishlog'idan ketishga majbur bo'lgach, bir necha kundan keyin qaroqchi Jakoman egalik qilayotgan mamlakatga kirib keladi. Bu mamlakat juda g'aroyib edi: oziq ovqatlar do'konida daftar - siyohlar, o'quv qurollari do'konida esa non va pishloqlar sotilardi. Do'kon egasi u haqiqiy tangani olmaydi va faqat soxta pulga savdo qilishini aytadi. Bu yerning mushuklari vovullar, sigirlari maarar, otlari hangrar edi. Itni it, mushukni mushuk desang seni ayblab hibsga oladilar.
Diqqat savol. Uni nimada ayblaydilar va bizning sayyoh kim?
Javobni ko'rish

Rostgo’ylikda, Jelsomino. Bu mamlakat yolg'onchilar mamlakati edi. J.Rodari. Jelsominoning yolg’onchilar mamlakatidagi sarguzashtlari

Boshqa savollar