Zakovat savoli #36653
Bu imorat haqida barchangiz eshitgansiz. Uning ko'rinishi, dizayni hamda shaharning o'rtasida joylashganligi hokimiyat tepasida turganlarga yoqmagan hamda o'tgan asr boshida bu imoratni buzib tashlamoqchi bo'lishgan. Ammo bir o'ta muhim vaziyatda u mamlakatga juda ham katta foyda keltirgan.
Savol: siz bizga bu qaysi imorat ekanligini emas, uning buzilmay qolishiga sabab bo'lgan voqeani ayting?
Savol: siz bizga bu qaysi imorat ekanligini emas, uning buzilmay qolishiga sabab bo'lgan voqeani ayting?
Javobni ko'rish
Birinchi jahon urushi. Eyfel minorasi harbiylarga radio aloqa kerak bo'lganligi uchun buzilmay qolgan.