Zakovat savoli #36508
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida muallif asar qahramonlaridan biriga shunday ta’rif beradi: “Uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttuz besh yoshlarda bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig‘ina davlatmand bo‘lsa ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay, «xotinboz» deb shuhratlangan, kishilar uning orqasidan so‘zlashkanda otig‘a taqilg‘an laqabni qo‘shib aytmasalar, yolg‘iz otini deyish ila uni tanita olmaydirlar”.
Diqqat savol: Asardagi qaysi qahramonga bu ta’rif berilgan?
Diqqat savol: Asardagi qaysi qahramonga bu ta’rif berilgan?
Javobni ko'rish
Homid