Zakovat savoli #36492
Yuriy Sheykin 1994 yilda BU ISHNI qilishga majbur bo'lgan.
Bundan bir muddat avval Toshkent shahrida BU ISHNI qiluvchilarni soni keskin ravishda oshib ketgan edi.
BU ISHNI qilish deganda nima nazarda tutilmoqda?
Javobni ko'rish
Qo'lqop tashlash Izoh : XVIII-XIX asrlarda Yervopada duel o'tkazish avj olgan edi. Duelga chaqirish "qo'lqop tashlash" deb atalgan ritual bilan amalga oshirilar edi. Unga ko'ra, duelga chaqirgan inson qo'lqopini tashlaydi hamda duelni qabul qilgan insonga birinchi o'q uzish imkoni beriladi. Shu sababli duelga chaqirgan odamning hayotiga xavf ko'proq edi. 1994 yilgi Osiya o'yinlari g'olibi darvozabon Yurish Sheykinning hisobida bir donaga qo'lqopi bo'lgan. Yarim final bahlaridan so'ng ushbu qo'lqopi yaroqsiz holatga kelib qolgani uchun uni tashlashga majbur bo'lgan. Bundan tashqari koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent metrosida qo'lqoplardan foydalanish bilan bog'liq qarordan so'ng qo'lqop tashlovchilarni soni keskin oshdi.