Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36407

Zakovat savoli #36407

Anonim

Ja'fari Sodiq (r.a.) do‘st tanlashda quyidagicha tavsiya berganlar: "Besh toifa inson bilan do‘st tutinmang:
Bular:
1) Yolg‘onchi bilan: chunki har lahza aldanib qolishingiz mumkin. U misoli sarob – uzoqni yaqinlashtirib, yaqinni uzoqlashtirib ko‘rsatadi;
2) Ahmoq bilan: zero, u sizga foyda keltiraman deb zararga boshlaydi;
3) ..... bilan: eng muhtoj paytingizda sizni tashlab ketadi;
4) Qo‘rqoq bilan: chunki u tahlikali paytda sizdan qochadi;
5) ..... bilan: zero, u sizni bir hovuch taom yoki undan oziga almashib yuboradi".
Ushbu nasihatda bo'sh qolib ketgan soz'larni mazmuniga mos ravishda bir postda aniq yozib bering?
Javobni ko'rish

Xasis bilan va Fosiq bilan.

Boshqa savollar