Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36397

Zakovat savoli #36397

Ushbu "Aybdor" XX asrning dastlabki yillarida "dunyoga keldi". U Ronald Reygan, Margaret Tetcher, Garold Vilson kabi mashhur shaxslarni ancha qiynagan bo'lsa, Rita Xeyvort, Piter Falk, Glen Kempbellarning "qotiliga aylangan". Nemis xalqi bir obyekt orqali "Aybdor" ni hech qachon unutmasliklarini ifoda etishgan.
"Aybdor" kim yoki nima?
Javobni ko'rish

Alsgeymer! Izoh: 1907-yilda ilk bor Alsgeymer kasalligi aniqlandi. Bu kasallik bilan og'rigan va shu kasallik tufayli vafot etgan mashhur shaxslar yuqorida sanab o'tildi. Germaniyadagi Alois Alsgeymer haykaliga esa "Biz seni hech qachon unutmaymiz" deya yozib qo'yilgan.

Boshqa savollar