Zakovat savoli #36351
Rim afsonalarida aytilishicha bir kuni Yupiter huzuriga ALFA tashrif buyurib o'z moliga xavf solayotganlarni jazolash uchun unga o'lim quroli berishni so'raydi. Ammo Yupiter insoniyatga yomonlik qilishni istamaydi va ALFAga qasos olish yaxshi emasligini tushuntirish uchun ham unga bir qurol beradi.
Savol: Dushmanlaridan shirin qasos olmoqchi bo'lgan ALFAni yozib bering ?
Savol: Dushmanlaridan shirin qasos olmoqchi bo'lgan ALFAni yozib bering ?
Javobni ko'rish
Asalari 🐝 Izoh: Yupiter o'zidan qasos olish uchun yordam so'rab kelgan asalariga saboq bo'lishi uchun nish bergan. Asalari chaqqanda nishidan ajralib halok bo'lishi ko'pchiligimizga ma'lum. Savolda ham bekorga shirin qasos deyilmagan edi.