Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #3620

Zakovat savoli #3620

Sharl Gito tomonidan uyushtirilgan suiqasddan so‘ng, AQSh prezidenti Jeyms Garfildni Doktor Uillard Bliss davolagan. Blissga shunday murojaat qilinsa, hech qanday xatolik boʻlmas edi, sababi uning ismi XVIII-XIX asrda yashagan shifokor Semyuel Uillard sharafiga qoʻyilgan. 2016-yilgi filmda ham bosh qahramonga, tushunmovchilik tufayli, shunday murojaat qilishadi.
Diqqat savol: nima deb murojaat qilishgan?
Javobni ko'rish

Mister Doktor

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar