Zakovat savoli #36127
Bir do'stim ishlaydigan kompaniyada Internet-trafikni tejash maqsadida ko'ngilochar saytlarga tashrif buyurish taqiqlanibdi. Bir hafta o'tgach, statistika tahlili shuni ko'rsatdiki: xodimlar Internetdan 2 baravar kam foydalanishni boshladilar va kompaniya boshliqlari o'z maqsadlariga erishdilar ya'ni pulni tejashdi. O'sha hafta eng ko'p o'qilgan saytlarni o'rganib chiqqach, rahbariyat kutilmaganda taqiqni bekor qiladi.
Diqqat savol: nima uchun?
Diqqat savol: nima uchun?
Javobni ko'rish
Kompaniya rahbariyati taqiq joriy etilganidan keyin ish qidirish saytlari kompaniya ishchilari orasida eng ommabop bo'lib ketganligini aniqlagan edi