Zakovat savoli #36114
Fayzullayev Doniyor
Koʻrgazma material: “Time: A Life of Portraits”
Savol matnida bir soʻzdan bir necha harflar tushirib qoldirilgan.
Koʻrgazmada siz Lilian Hellmanning asari nomini koʻrib turibsiz. Ushbu avtobiografik asarda yozuvchi bolalikdan tanish bo‘lgan insonlar haqida hikoya qiladi va ular bilan bog‘liq ilk xotiralariga qaytadi. Tanqidchilardan biri esa asarda ayrim voqealar haqiqatdan biroz o‘zgartirilganini ta’kidlaydi.
Diqqat savol: Asar nomidagi bir so‘zdan tushirib qoldirilgan harflarni tiklab, so‘zni asl holida yozib bering?

Javobni ko'rish
Pentimento Izoh: Savolda yozuvchining o‘tgan hayot xotiralariga murojaat qilgani va ayrim tafsilotlarni o‘zgartirgani aytiladi. Asar nomidagi “portret” so‘zi esa sizni rassomlikka ishora qiladi. Rassomlikda “pentimento” — bu rasmning dastlabki shakli ustiga kiritilgan o‘zgarishlar so‘nggi qatlam ostidan bilinib turgan holat bo‘lib, san’atda o‘zgarish va xotira ramzi sifatida talqin qilinadi.