Zakovat savoli #36081
"Kozim ismli kursdoshimiz boʻlar edi. U nosogʻlom tugʻilganligi ya'ni orqa umurtqa pogʻonasi qiyshiqligi sababli koʻpchilik mazax qilar va yoqtirmas edi. Kursdoshlarimiz esa unga xatto ish ham topib qoʻyishgan ya'ni u dars tugaganligini ogohlantirib turar edi va qaysidir ma'noda qoʻngʻiroq vazifasini oʻtar edi. Shu sababli unga bir personajni laqab qilib berganmiz"
Savol: Oʻsha personajni maksimal aniqlikda ayting?
Savol: Oʻsha personajni maksimal aniqlikda ayting?
Javobni ko'rish
Kvazimodo! Izoh: asar qahramoni boʻlgan Kvazimodo bukri boʻlgan va unga qoʻngʻiroq chalish majburiyati yuklatilingan edi. Savol muallifining doʻstlari ham Kozimga shundan kelib chiqib laqab qoʻyishgan