Zakovat savoli #36068
Fayzullayev Doniyor
Asarlardan birida bir mamlakatda o‘lim, ta’tilga chiqishi va endi hech kimning o‘lmasligi haqida so‘z yuritiladi. Asar davomida muallif X ni obrazli ravishda gilyotin bilan taqqoslaydi. Migrant shoirlarning asarlari to‘plangan inglizcha kitob nomida ham X uchraydi.
Diqqat savol: X ni bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so‘z bilan yozib bering?

Javobni ko'rish
Chegara chiziqlari Izoh: Yaqinlarining azob chekishini istamagan personajlar ularni qo‘shni mamlakatlarga olib o‘tib, vafot etgach qaytarib olib kelishardi. Shu paytda chegara chiziqlari odamlarni o‘limga yetkazuvchi gilyotin bilan qiyos qilinadi. 60 dan ortiq migrant shoir bu yerga kelganda chegaralarni oshib o‘tgan. Shoirlar kitob nomida so‘z o‘yini qilib, uni “Border Lines” deb atashgan