Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36041

Zakovat savoli #36041

Roʻyxatga e'tibor bering:
Mashhur ping-pongchi Vang Hao, Velosportchi Yan Ulrayx, snuker ustasi Jimmi Uayt. Bu insonlar sport tarixiga salbiy bir taxallusi bilan kirgan. Amerikaliklar shunday taxallusga ega boʻlgan insonlarni soʻzlab turib, Edvin Oldrinni yodga olib oʻtadi.
Diqqat savol: Quyidagilarni oʻziga hos taxallusini bilgan boʻlsangiz, 2002-yil qaysi futbol jamoasi ushbu taxallusga ega boʻlganini ayting?
Javobni ko'rish

Bayer. Izoh: taxallus "abadiy ikkinchi"; 2001/02 yilgi mavsumda Bayer Chempionlar ligasida, Germaniya chempionatida va Germaniya Kubogida ikkinchi bo'ladi. Edvin Oldrin ham Nil Armstrongdan soʻng oyga qadam qoʻygan ikkinchi inson!

Boshqa savollar