Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #35999

Zakovat savoli #35999

Ruxsora Xurshidovna

Arabchada X tubanlarning tubani, eng yaramas ma’nolarini, oʻzbek tilida esa doʻzaxning eng tagi, jahannam ma’nolarini anglatadi. X bilan bogʻlik 2 ta salbiy ibora ham mavjud. Shuningdek, Moʻminjon Muhammadjonov “Turmush urinishlari” asarida “Qani, suyunchini chiqaravering, Moʻminjon aka! Padarla’nat zolim Nikolay podsho yiqilibdi, X ga ketibdi” deydi.
Diqqat savol: X ni ayting?
Javobni ko'rish

Asfalasofilin

Boshqa savollar