Zakovat savoli #35887
Bu g'alati oʻyinni Italiyaga 1295-yilda Marko Polo olib kelgan. Versiyalardan birida aytilishicha, bu oʻyinning nomi bir maskarad kostyumining nomidan kelib chiqqan ekan. Boshqa bir versiyaga koʻra, oʻyin nomi "Xudoyim, bizni kechir!" gapining qisqartmasi ekan. Oʻsha oʻyinni ayting?
Javobni ko'rish
Domino. Izoh: Oq-qora donachalar domino nomli mashhur maskarad kiyimini nomini eslatar ekan. Bundan tashqari, "Domine misirere nobis" ("Xudoyim, bizni kechir") bu gapni rohiblar oʻyin boshlashdan avval aytgan ekan, chunki ularga bunday oʻyinlar oʻynash mumkin emas.