Zakovat savoli #35784
Xitoyda bu kasb vakillariga piyoz, sarimsoq va o‘tkir hidli narsalar yeyish ko‘pincha man qilinadi. Bir yozuvchi bu kasb vakillaridan birining ishlayotgan qo‘llarini qaldirg‘och bilan qiyoslagan.
Bu kasb vakillarini ikkita so‘z bilan ayting?
Bu kasb vakillarini ikkita so‘z bilan ayting?
Javobni ko'rish
Choy teruvchilar. Izoh: Yuqori navli oq choyni teruvchi ishchilarga piyoz, sarimsoq va o‘tkir hidli narsalar hidi hamda izlari choy barglariga singib qolmasligi uchun yuqoridagilarni yeyishni man qilishadi.