Zakovat savoli #35779
O‘z vaqtida o‘lim jazosiga hukm qilingan Meksika imperatori Maksimilian o‘ziga taklif etilgan qochish rejasiga rozi bo‘lmagan ekan, negaki, bu qochish rejasiga muvofiq, Maksimilian bir ishni qilishi kerak edi. Imperator fikricha, bu ishni qilish qadr-qimmatni yo‘qotishga teng ekan. Tarixga nazar tashlasak, Rossiyada ham o‘z vaqtida ko‘plar bu ishni qilishiga to‘g‘ri kelgan.
Bu ish deganda nima qilish nazarda tutilgan?
Bu ish deganda nima qilish nazarda tutilgan?
Javobni ko'rish
Soqol olish. Izoh: Hatto o‘lim jazosi xavfi ostida ham Maksimilian tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni rad qilgan. Ikkinchi ma’lumotda esa gap Rossiyada Pyotr I tomonidan amalga kiritilgan soqol uchun soliq haqida edi.