Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #35710

Zakovat savoli #35710

XVI asrda ingliz qo‘shinlari Gaiti orolidagi ispanlarga to‘satdan hujum qilish uchun tunda orolga kelib tushishadi. Ammo birdan sohilda tovushlar paydo bo‘ladi, buni inglizlar otliqlarning tovushi deb qabul qilishadi. Ular yana o‘z kemalariga qaytib, qirg‘oqdan uzoqlashishadi. Diqqat savol: Ularni nima buncha qo‘rqitib yuborgan?
Javobni ko'rish

Ular kunduzi uxlaydi, tunda sohilga chiqishadi. Ularning ulkan qisqichlaridan chiqqan tovush otliqlar tuyoqlari tovushiga o‘xshaydi. Inglizlarni qisqichbaqalar qo‘rqitgan.

Boshqa savollar