Zakovat savoli #35692
Aytishlaricha, Koreya qiroli Sechjon Buyuk baliq oviga qarab o‘zining ixtirosini amalga oshirgan ekan. Qirol Sechjon nomidagi YUNESKO tashkilotining maxsus mukofoti UNGA qarshi kurashga hissa qo‘shgan insonlarga beriladi. Diqqat savol: Nimaga qarshi kurashga hissa qo‘shgan insonlarga bu mukofot beriladi?
Javobni ko'rish
Savodsizlikka qarshi kurash uchun. Izoh: Baliq oviga qarab, Qirol Sechjon oddiy geometrik komponentlardan iborat koreys alifbosi - xangilni o‘ylab topgan.