Zakovat savoli #35622
Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar, ko‘katlar, ko‘p xil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha keltirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Diqqat savol: Qanday taomlar?
Javobni ko'rish
Parranda go‘shti. Izoh: Chunki ularning tushunchalari bo‘yicha, parranda uchadi va uning go‘shti bayram dasturxoniga qo‘yilsa, yil davomidagi baraka va baxt uchib ketadi deb hisoblashadi.