Zakovat savoli #35583
Mixail Sholoxovning "Tinch Don" asari Don kazaklari hayotiga bag'ishlangan. Asarda kazaklarning otlari bilan xizmatga chaqirilishi voqealariga bag'ishlangan bir lavha shunday tasvirlanadi:
"Polsha shahriga kirib kelgan Don otlari bir muddat yurishdan to'xtab quloqlarini chimirib xuddi muzlagan daryoga tushganday zo'rg'a yurib ketishdi".
Savol: Shaharda otlar umrida birinchi marta nimaga duch kelgan edilar?

Javobni ko'rish
Tosh ko'chaga. Don otlari oddiy tuproqda yurib o'rgangani uchun tuyoqlarining ovozidan cho'chib bir muddat yurishdan to'xtab qolishadi.