Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #35570

Zakovat savoli #35570

Karvon deganda albatta, yuk ortilgan tuyalar ko'z oldimizga keladi. Karvon tarkibida tuyalardan tashqari otlar ham olib ketiladi. Otlardan nafaqat yuk ortish vazifasi, yana bir maqsadda, bir muhim narsani aniqlashda ham foydalaniladi. Bunga esa tuyalardagi bir salbiy hususiyat sababdir.
Savol: Otlar karvonga yuk va odam tashishdan tashqari yana nima uchun kerak bo'lgan?
Javobni ko'rish

Tuyalarning charchaganini aniqlash uchun. Izoh: tuyalarni shunday bir fe'li bor, ular charchash nimaligini bilmaydi, yuraveradi, yuraveradi va to'satdan cho'k tushadida, tappa o'ladi-qoladi. Ot esa sekin holdan toya boradi. Tuyaning qattiq charchaganini, jonivorlar qachon dam olish kerakligini, yana qancha yurishligini, qachon yiqilishini aynan ot orqali aniqlab olishgan.

Boshqa savollar