Zakovat savoli #35530
Bu inson milodiy 681-yilda tug'ilganlar. Misr, Damashqda yashaganlar hamda Madinaga noib bo'lgan. Ikki yillik xalifalik davrlarida shu qadar Adolat qilganki, Islom olami misli ko'rilmas darajada rivojlanib ketganidan, hatto zakot oluvchi kambag'al insonlar qolmagan.
Diqqat savol: U inson kim?
Diqqat savol: U inson kim?
Javobni ko'rish
Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh Izoh: Umar ibn Abdulaziz bobolari Umar ibn Xattob kabi Adolat ila xalqni boshqarganlar. Shu sababdan, "Ikkinchi Umar" deya ta'riflanganlar. 2 yillik muddat ichida davlat shu qadar rivojlanib ketishining asosiy sababi sifatida ham shu ko'rsatiladi. Manbaa: Dunyoni tebratgan 7 buyuk (Ahmad Muhammad Tursun)