Zakovat savoli #35399
Uning dunyoga kelganiga 250 yildan oshdi. Hatto Aleksandr Pushkin ham uni birinchi marta koʻra olmagan(keyinchalik Jukovskiyning yordami bilan koʻrishga muvaffaq boʻlgan). Uning nomini maʼnosi "yolgʻiz, alohida makon" demakdir. Mushuklar uning "erkin xodimlar"i sifatida faoliyat yuritadilar. Uning yozgi va qishki saroylari oʻrtasidagi garajida Mercedes, Lessner, Rolls-Royce, Peugeot kabi mashinalari bor. Keltirilgan maʼlumotlar asosida aytingchi U qayerda joylashgan?
Javobni ko'rish
Sankt-Peterburg shahrida! Gap Ermitaj muzeyi haqida edi. U yerda 70 dan ortiq mushuklar yashashadi va sanʼat asarlarini kalamushlardan himoya qilishadi. Ularni hazil tariqasida "erkin xodimlar" deb atashadi.