Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #35364

Zakovat savoli #35364

Muallif: 🄶🅁🄰🄽🄳🄼🄰🅂🅃🄴🅁

Togʻay Murod oʻz asari " Ot kishnagan oqshom" ilk marta chop etilishi haqida shunday degan edi :

"Bu qissalar ne bir kunlarni koʻrmadi!

Zoti nomard boʻldi, ushbu qissaning yoqasidan olishdi. Ogʻzi buzuq boʻldi, ushbu qissaga tupugini sochishdi. Qoʻli nopok boʻldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni oʻchirib tashladi.

Oqibat, ushbu qissalar oʻz vaqtida U misoli chop etildi."

U iborasi esa Bir yeri yoki bir narsasi yetishmaganday, beoʻxshov degan maʼnoni bildiradi.

Savol: U ni uch soʻzda yozib bering?
Javobni ko'rish

Pati yulingan tovuq Qabul: Dumi yulingan tovuq

Boshqa savollar