Zakovat savoli #35341
Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi boʻlibgina qolmay, mashhur tarixchi, geograf, shoir va oʻsimlikshunos ham boʻlgani barchamizga maʼlum. U oʻzining mashhur "Boburnoma" asarida mamlakatimizdagi koʻplab shaharlarga va ularning nomlariga alohida toʻxtalib oʻtgan. Shunday shaharlardan biri bu Qarshi shahridir. Boburning yozishicha bu shaharga Qarshi nomi moʻgʻullar istilosidan soʻng berilgan. Bunga sabab istilodan keyin bu shahar aynan X ga oʻxshab qolgan. Qarshi soʻzining tub maʼnosi ham aynan X deganidir.
Diqqat savol: Istilodan keyin nomlangan shahar nomining asl ma'nosini bir so'zda keltiring?
Diqqat savol: Istilodan keyin nomlangan shahar nomining asl ma'nosini bir so'zda keltiring?
Javobni ko'rish
Goʻriston.(Qabriston, mozor javoblari ham qabul) Izoh: Savolda shahar aynan istilo ya'ni urushdan keyin nomlangani bekorga ta'kidlanmagandi. Urush qurbonlarsiz bo'lmasligi tarixdan ma'lum.