Zakovat savoli #35297
Los-Anjeleslik biznesmen yapon tilini yaponiyalik o‘qituvchi yollab qunt bilan o‘rgandi. U yapon tilida erkin gaplashadigan, bexato yozadigan darajaga yetganida Yaponiyaga ko‘zlagan safariga chiqdi. Yaponiyalik biznesmenlar bilan yapon tilida gaplasha boshlaganda, biznesmenlar unga taajjublanib qaray boshlashdi. Amerikalik biznesmen kun yakunida til o‘rganish borasidagi xatosini tushunib yetdi.
Diqqat savol: Uning xatosi nimada bo‘lishi mumkin?
Diqqat savol: Uning xatosi nimada bo‘lishi mumkin?
Javobni ko'rish
U ayol o‘qituvchidan yapon tilini o‘rgangan edi. Izoh: Yaponiyada erkak va ayollarning gap ohanglari va aytadigan gaplari keskin farqlanadi. Ayollar ohangida gapirganlarni yaponlar erkak deb hisoblamaydi.