Zakovat savoli #35288
"Musiqali stullar" o'yinini yaxshi bilasiz. Unda oʻyin ishtirokchilari musiqa ostida stullar atrofida yugurishadi va musiqa to'xtagan paytda ular tez harakat bilan stulga o'tirishlari talab etiladi. Ushbu oʻyinning har raundida bir ishtirokchi oʻyinni tark etadi va yagona ishtirokchi gʻolib boʻlmaguncha oʻyin davom etadi.
Bir internet foydalanuvchisi bundan 1-2 yil oldin ommalashgan janrning eng mashhur vakilini "Musiqali stullar" oʻyiniga qiyoslaydi. Diqqat savol: Ushbu janrning bugungi kunda nafaqat dunyoda balki Ozbekistonda, oʻzbek yoshlari orasida ham eng ommalashgan vakili nomini ayting. Koʻpchiligingizga javobni topishda smartfoningiz "menyu"sini titkilash balki yordam berishi mumkin.

Javobni ko'rish
PUBG (PlayerUnknown's Battlegrounds) *PUBG(mobile) oʻyini onlayn o'yinlarning mashhur Battle Royale janri tarkibidagi bugungi kunda eng mashhuri hisoblanadi. Oʻyinda yagona g'olib aniqlanmaguncha o'yinchilar bir-birini "kill" qiladi.